» » Nonushtaga nima yemaslik kerak?

Nonushtaga nima yemaslik kerak?


Kun bo‘yi inson o‘zini yaxshi his qilishi uchun nonushtaga nima iste’mol qilgani muhim sanaladi.

Quruq yorma

Quruq yorma tarkibida uglevod va shakar ko‘p bo‘lgani bilan klechatkaga boy hisoblanmaydi. Bunday nonushtadan qondagi qand miqdori tushib ketib, natijada kayfiyatingiz tez o‘zgarishi kuzatilishi mumkin

Oqsilli batonchalar

Batonchalarda oqsildan ham ko‘proq shakar bo‘ladi. Shu boisdan tongni bunday mahsulot bilan qarshi olish tavsiya etilmaydi. Batonchalarni sevadiganlar uchun esa shakarsiz variantini yeyish tavsiya qilinadi.

Yog‘siz yogurt

Tongda organizmga energiya beradigan mahsulot iste’mol qilish kerak. Yog‘siz yogurt esa bunday xususiyatga ega emas. Parhezshunoslar nonushtaga 250-400 kaloriya iste’mol qilish kerakligini ta’kidlaydi. Yaxshisi yogurtga suli yormasi va mevalar qo‘shib iste’mol qiling.

Sharbat

Erta tongdan bir stakan sharbat ichish organizm uchun foydali deb o‘ylovchilar yanglishadi. Ayniqsa, sharbat do‘?kondan xarid qilingan bo‘lsa. Chunki bunday sharbat shakar va uglevodlar manbayi hisoblanadi. Qolaversa, nonushta qilmasdan sharbat ichganingiz hisobiga qorningiz tez ochib odatdagidan ko‘proq tushlik qilishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bir finjon qahva

Qahva tarkibidagi kofein sizga ma’lum vaqtga yetarli energiya bergani bilan qorinni to‘ydirmaydi. Qahva iste’mol qilishdan o‘zingizni to‘xtata olmasangiz, shakarsiz, sutli qahva iching va oradan 1-2 soat o‘tib nonushta qilishni ham unutmang.

Sariyog‘li non

Sariyog‘li non? nonushta uchun yaxshi variant bo‘lishi mumkin, ayniqsa omlet bilan qo‘shib yeyilsa. Nonushtada tostning o‘zi bilan cheklanish kerak emas, meva va sutli mahsulotlar yoki tuxum albatta ratsioningizdan o‘rin olishi kerak.

Tez tayyorlangan suli yormasi

Suli yormasiga suv qo‘shib 5 daqiqadan keyin tayyor bo‘ladigan bo‘tqa vaqtingizni tejagani bilan foydali hisoblanmaydi. Yuqorida ta’kidlangan quruq nonushtalar tarkibidagi singari suli yormasida ham klechatka kam miqdorda.

Nonushta qilmaslik

Parhezshunoslar tongda oz-oz bo‘lsa ham tanavvul qilish kerakligini ta’kidlaydi. Nonushta kunlik energiya manbayi ekanini hisobga olgan holda, foydali mahsulotlar va vitaminlarga boy taom yeyishni unutmang. Ertalab o‘zingizni to‘q his qilsangiz ratsioningizga, kechasi qanday ovqat iste’mol qilganingizga e’tibor qarating.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют