» » Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab halqa temiryo‘li ishga tushiriladi

Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab halqa temiryo‘li ishga tushiriladi


Farg‘ona vodiysi bo‘ylab uzunligi 331 kilometr bo‘lgan halqa temiryo‘li qurilib, elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Xalqaro press-klubning 7-iyun, yakshanba kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida ma’lum qilindi.

Qo‘qon—Marg‘ilon—Andijon—Namangan—Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanish ekspress elektropoyezdlarda, Qo‘qon —Namangan—Andijon—Qo‘qon yo‘nalishida esa oddiy elektropoyezdlarda yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Rejaga muvofiq, ekspress elektropoyezd beshta bekatda, oddiy elektropoyezd esa 35 ta bekatda to‘xtaydi. Ekspress bir doira yo‘lga 5 soat 30 daqiqa vaqt sarflasa, oddiy elektropoyezd ushbu masofani 7 soat 30 daqiqada bosib o‘tadi.

Yillik yo‘lovchi oqimi ekspress elektropoyezdlarda 214 mingdan 429 ming kishigacha, oddiy elektropoyezdlarda esa 429 mingdan 858 ming kishigacha bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘lkira narxi 5 ming so‘mdan 45 ming so‘mgacha bo‘ladi.

Vodiy halqa temiryo‘lida qatnaydigan poyezd vagonlari konditsionerlar, USB-kabellar, Wi-Fi, bufet, moto-velosipedlar uchun maxsus joylar, biohojatxona kabilar bilan ta’minlanadi.

Davlat-xususiy sherikchilik asosida amalga oshiriladigan loyiha qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 million dollarga teng. Vodiy halqa temiryo‘li 2021-yil birinchi choragida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga doir: Qo‘qondan Andijonga elektropoyezd qatnay boshladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют