» » Qo‘qondan Andijonga elektropoyezd qatnay boshladi

Qo‘qondan Andijonga elektropoyezd qatnay boshladi


O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida 8-avgust kuni Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlari o‘rtasida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Davlat rahbari joriy yil 22–23-iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlari o‘rtasida elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq bergan edi. O‘tgan qisqa muddatda Qo‘qon shahridan Andijon shahrigacha elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastur tuzildi. Bu jarayonda yo‘llar mustahkamlandi, elektr ta’minoti masalasi hal qilindi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu yo‘nalishlar uchun besh elektrichka modernizatsiya qilindi. Natijada transport vositalarining tashqi va ichki qiyofasi butunlay o‘zgardi. Vagonlarga konditsioner, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatildi. Xorijdan yana o‘n elektropoyezd keltirish rejalashtirilgan. Har bir elektrichka olti vagondan iborat.

Qayd etilishicha, birinchi sinov muddatida qatnaydigan poyezdlar yengil avtomobilga nisbatan 40 daqiqa tezroq manzilga yetib bormoqda. Poyezd soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bag‘dod, Oltiariq tumani, Marg‘ilon shahri, Quva tumani va Asaka shahriga to‘xtab o‘tadi.

Elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Qo‘qon temir yo‘l vokzalida tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (8-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют