» » Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani ma’lum qilindi

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonda ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani ma’lum qilindi


Xalqaro press-klubning Farg‘ona viloyatiga bag‘ishlangan sessiyasida bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov O‘zbekistondagi ishsizlik darajasi haqida berilgan savolga javob qaytardi.

“Pandemiya barcha davlatlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda ham pandemiyadan oldin ishsizlar soni o‘rtacha 1 million 350 ming nafarga yaqin edi, pandemiya boshlangach qator korxonalar faoliyati to‘xtatildi va ishsizlar soni qariyb 2 millionga yaqinlashdi”, — degan Nozim Husanov.

Shuningdek, mehnat vaziri muhojirlarga tegishli statistik ma’lumotlarni ham oshkor qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekistonda 550 mingga yaqin fuqaro chegaralar yopilgani tufayli boshqa davlatlarga ishlash uchun chiqib keta olmagan. Vazir bir necha yillar davomida xorij davlatlarida ishlab kelgan, hunar va kasbga ega odamlarning bandligini ta’minlash ustuvor vazifalardan ekanini qayd etgan.

Mavzuga doir: Bloomberg: O‘zbekiston mehnat muhojirlaridan keladigan daromadning qariyb yarmini yo‘qotdi

“Ijtimoiy soha obyektlarini qurish uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 3,6 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Har bir viloyatda 50-60 ta ijtimoiy soha obyektlari qurilishi boshlandi. Mana shu obyektlarga birinchi navbatda mehnat muhojirlari o‘z kasbi bo‘yicha o‘z hududidagi qurilishlarga jalb qilinadi. Shahar tumanlaridagi qurilishlarga Farg‘ona vodiysi va Qashqadaryo viloyatida yashovchi xorijga chiqib keta olmagan fuqarolar jalb qilindi”, — degan mehnat vaziri.

“Shuningdek, Toshkent shahri viloyatlar bilan ham bog‘langan. Masalan, o‘tgan oyda Sergeli tumanidagi qurilayotgan binolarga 1,5 mingga yaqin mehnat muhojirlarini qonuniy tarzda ishga oldik. Ular hozir 1,5 millon so‘mdan 4,5 milliongacha oylik maosh olyapti”, — deya qo‘shimcha qilgan Nozim Husanov.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev aholini ish bilan band qilish qog‘ozda emas, amalda bo‘lishi lozimligini aytdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют