» » “Bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti”. KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi

“Bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lyapti”. KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi


KXDR Keson shahridagi Koreyalararo aloqa ofisiga Janubiy Koreya vakillari tomonidan amalga oshirilgan telefon qo‘ng‘iroqlariga javob qaytarmadi. Bu haqda Seulning rasmiy vakili 8-iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida ma’lum qildi, deb xabar beradi Bloomberg.

“Bugun ertalab Shimoliy Koreyaga qo‘ng‘iroq qilishga urindik, biroq qo‘ng‘iroqlarimiz javobsiz qoldi. Bunaqasi birinchi marta sodir bo‘lmoqda”, — deydi birlashgan vazirlik amaldori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval tomonlar aloqani tekshirish va mavjud masalalarni hal etish maqsadida har kuni qo‘ng‘iroqlashib turgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni KXDR hukumati Janubiy Koreya tomonidan tashviqot varaqalari tarqatilganiga javob tarzida Koreyalararo aloqa ofisini yopib yuborish bilan tahdid qilgandi.

Shundan so‘ng Janubiy Koreya birlashgan vazirligi mahalliy jamoat tashkilotlariga Shimoliy Koreyaga bu kabi varaqalarni yuborishni to‘xtatishni buyurib, ushbu harakatlar qonun doirasida taqiqlanishiga va’da bergan.

Bu vaqtda ikki davlat o‘rtasidagi aloqa liniyalari normal rejimda ishlayotgan bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Koreyalararo aloqa ofisi 2018-yilning sentabrida chegaraoldi hududi hisoblanuvchi Kesonda ochilgan edi. Uning faoliyati ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют