WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » KXDR Janubiy Koreyaga bomba tashlamaslikka va’da berib, yadro sinovlaridan voz kechishni taklif qildi
KXDR Janubiy Koreyaga bomba tashlamaslikka va’da berib, yadro sinovlaridan voz kechishni taklif qildi
Shimoliy Koreya yadro va raketa sinovlarini o‘tkazishga moratoriy joriy qilib, AQSh bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyor. Bu haqda Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillari KXDRga tashrif va Kim Chen In bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra aytib o‘tdi, deb yozadi Meduza.
KXDR, shuningdek, Janubiy Koreyaga qarshi yadroviy va oddiy qurollarni qo‘llamaslikka va’da berdi. Xavfsizlik kafolati berilgan hamda Pxenyan va Vashington o‘rtasida aloqalar normallashgan taqdirda, Shimoliy Koreya tomoni o‘z yadroviy dasturidan to‘liq voz kechishga shayligini bildirdi.
Aprel oxirida Shimoliy va Janubiy Koreya rahbarlari Koreyalararo rasmiy sammitda uchrashmoqchi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?