» » Google o‘zining Chrome brauzerida reklamani bloklaydi

Google o‘zining Chrome brauzerida reklamani bloklaydi


Google korporatsiyasi o‘zining Chrome brauzeriga reklamani bloklovchi vositalarni kiritmoqchi, deya xabar bermoqda “Kommersant” The Wall Street Journal’ga tayanib. Manbalarga ko‘ra, bunday kengaytma yaqin bir necha haftalar ichidayoq taqdim etilishi mumkin.

O‘z daromadlarining katta qismini Google reklamadan oladi, shu tufayli o‘z brauzerida reklamani bloklash qarori bir qarashda korporatsiya uchun nomuvofiq bo‘lib ko‘rinadi. Ammo ekspertlar fikricha, bunday chora Google’ga qanday reklamani bloklashni o‘zi hal etish imkonini beradi. Gap birinchi navbatda “nomaqbul” deb hisoblanilgan reklamalar haqida bormoqda.

Reklamani bloklaydigan turli vositalar va dasturlarning keng tarqalishi reklama beruvchilarda xavotir uyg‘otib, ular reklamaning qanday turlari foydalanuvchilarning g‘ashiga tegishini aniqlashga intilmoqda. Mart oyida onlayn-reklama standartlari ro‘yxati e’lon qilindi. Unda “qalqib chiquvchi” oynalar va ovozi avtomatik tarzda yoqiladigan videoreklamalar nomaqbul variantlar deb qayd etildi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 08:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют