» » Angliyaning eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan futbol klublari ma’lum bo‘ldi

Angliyaning eng qimmat tarkibga ega bo‘lgan futbol klublari ma’lum bo‘ldi


Give me Sport nashri Angliya Premyer Ligasining eng qimmat tarkibga ega jamoalari reytingini tuzdi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni musobaqaning amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” 927 million funt sterlingdan iborat tarkibi bilan egalladi. Klub o‘yinchilarining o‘rtacha yoshi 26,4 ni tashkil etadi. Ikkinchi pog‘onanini “Liverpul” (881 million funt, 27,2 yosh) band qilgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Tottenhem” (642 million funt, 25,7 yosh) yakunlab bergan.

Top-10 quyidagicha:

1. “Manchester Siti” — 927 million funt sterling. Tarkibning o‘rtacha yoshi — 26,4. Bir o‘yinchining o‘rtacha narxi — 33 million funt .

2. “Liverpul” — 881 million funt (27,2 yosh va 30 million funt).

3. “Tottenhem” — 642 million (25,7 va 22).

4. “Chelsi” — 614 million (26,3 va 21).

5. “Manchester Yunayted” — 583 million (25,8 va 20).

6. “Arsenal” — 514 million (25,5 va 19).

7. “Everton” — 375 million (27,5 va 12).

8. “Lester” — 367 million (27,1 va 13).

9. “Vest Hem” — 268,6 million (28,2 va 9,6).

10. “Vulverhempton” — 268,2 million (25,7 va 9,9).

Mavzuga doir: Angliyaning eng ko‘p xarajat qiladigan futbol klubi ma’lum bo‘ldi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют