» » Jon Jons: “Faoliyatim cho‘qqisida UFC menga pul to‘lamagan, o‘zlari esa ortimdan millionlab daromad ko‘rgan”

Jon Jons: “Faoliyatim cho‘qqisida UFC menga pul to‘lamagan, o‘zlari esa ortimdan millionlab daromad ko‘rgan”


Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Jon Jons promoushenni unga katta miqdordagi pulni to‘lamaganlikda aybladi.

“Faoliyatimning cho‘qqisida UFC menga pul to‘lamagan, ular men hali yulduz emasligimni aytgan.

Men bor-yo‘g‘i bitta yangi mashina uchun minnatdor bo‘lganman, ular esa ortimdan o‘n millionlab daromad topgan”, — deydi Jons.

Avvalroq Jons UFC’dan ketmoqchi ekanini aytgandi. Shundan so‘ng bunga UFC prezidenti Deyna Uayt ham o‘z munosabatini bildirgandi.

Jons MMA’da umumiy hisobda 28 ta jang o‘tkazib, shularning 26 tasida g‘alaba (10 nokaut) qozongan, 1 tasida esa murosa yo‘lini tanlagan. Uning ishtirokidagi yana bir jangi natijasi bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют