» » OAV: Tramp Kolumbiyaning ikki sobiq prezidenti bilan yashirincha uchrashdi

OAV: Tramp Kolumbiyaning ikki sobiq prezidenti bilan yashirincha uchrashdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Kolumbiyaning ikki sobiq prezidentlari — Alvaro Uribe va Andres Pastrana bilan maxfiy tarzda uchrashdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” Miami Herald’ga tayanib.

Uchrashuv o‘tgan dam olish kunlari Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan. U haqdagi axborot Amerika prezidenti ish jadvalida bo‘lmagan va u haqda Tramp bilan birgalikda uning qarorgohiga borgan jurnalistlarga xabar berilmagan.

Gazeta Kolumbiya OAVlariga asoslanib yozishicha, uchrashuvni respublikachi senator Marko Rubio tashkillashtirgan.

Ta’kidlanishicha, Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser dastlab uchrashuv haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortgan, ammo keyinroq uchrashuv bo‘lib o‘tganini tasdiqlagan, ammo uning ahamiyatini pasaytirishga uringan.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют