» » Toshkent koronavirusga chalinganlar soni ko‘pligiga qaramay “sariq” hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi

Toshkent koronavirusga chalinganlar soni ko‘pligiga qaramay “sariq” hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi


AOKA shtabida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi. Xususan, Toshkent shahri koronavirus bemorlari soni ko‘pligiga qaramay, “sariq” hudud bo‘lib qolayotganiga izoh berildi.

Botir Qurbonovning ta’kidlashicha, Toshkent shahrida kasallik qayd etilgan mahalla, mavze, daha va yirik obyektlar bo‘yicha karantin cheklovlari o‘rnatilmoqda.

Unga ko‘ra, jami 513 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 42 tasi — “qizil” hudud, 132 tasi — “sariq” hudud, 339 tasi — “yashil” hududga ajratilgan.

“Toshkent shahri poytaxt ekanligi hisobga olinib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari va harakatlariga ta’sir qilmay, tadbirlarni manzilli belgilash ishlari tizimli tarzda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 7-iyun kuni 195 kishida koronavirus aniqlandi. Shu vaqtgacha bir kunda butun O‘zbekiston bo‘yicha ham bunchalik ko‘p bemor aniqlanmagan edi.

Respublika maxsus komissiyasining 8-iyun kuni axborotida Toshkent shahrini “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkinligi aytilgandi.

May oyi o‘rtalarida Toshkentdagi “Ulug‘bek” mahallasida koronavirusga chalinganlar soni ortgani sababli karantin choralari kuchaytirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют