» » Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirishni buyurdi. Toshkent “qizil” hududga aylanishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev karantin choralarini kuchaytirishni buyurdi. Toshkent “qizil” hududga aylanishi mumkin


So‘nggi kunlarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq o‘nlab holatlar qayd etilgan Toshkent shahrining epidemiologik toifasi “sariq”dan “qizil”ga o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘z borgan.

26-may holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 40 ta tuman (shahar) “qizil”, 45 tasi “sariq” hudud sifatida qolmoqda. Jumladan, Toshkent shahri ham “sariq” hududlar qatorida edi. Biroq o‘tgan 10 kun ichida Toshkent mintaqasida 114 ta kasallanish holati qayd etildi (xususan, “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchida, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi markaz xodimida va “Ipoteka bank” vakilida).

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko‘rib chiqish hamda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha taklif kiritish haqida topshiriq berdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Odamlar karantinning yumshatilganini “kasallik tugadi” deb, noto‘g‘ri qabul qilmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 8-maydan e’tiboran, “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratib chiqilgan edi. 15-maydan barcha toifalardagi hududlarda ayrim karantin cheklovlari yanada yumshatilgan.

18-maydan “sariq” toifadagi hududlarda shaxsiy avtotransport vositalarini stikersiz soat 6:00 dan 22:00 gacha boshqarishga, “yashil” hududlarda esa umuman cheklovsiz foydalanishga ruxsat berilgan edi.

Ma’lumot uchun, 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 3281 ta holatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati aniqlangan, bemorlarning 2627 nafari sog‘aygan, 13 nafar bemor esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют