» » Samarqand va Namangan — “qizil” hudud. Bu viloyatlarda karantin qoidalari yumshatilmaydi

Samarqand va Namangan — “qizil” hudud. Bu viloyatlarda karantin qoidalari yumshatilmaydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekistonda karantin qoidalarining bosqichma-bosqich yumshatilishi davom etishi, bunda hududlar epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib “qizil”, “sariq”, “yashil” hududlarga ajratilishi ta’kidlangan edi.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, viloyat epidemiologik jihatdan “qizil” (yuqori xavfli) hududga kiradi, shu bois Samarqandda karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi. “Bu haqda viloyat komissiyasining ayni vaqtlarda o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ma’lum qilindi. Fuqarolardan karantin qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi”, — deyiladi Samarqand viloyati hokimligi axborotida. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 5-may soat 23:00 holatiga ko‘ra 140 kishida koronavirus aniqlangan, ularning 34 nafari (24 foizi — O‘zbekiston bo‘yicha eng past ikkinchi ko‘rsatkich) sog‘aygan.

Namangan viloyati ham mavjud epidemiologik vaziyat tufayli “qizil” hududga kiritildi. Viloyat bo‘yicha 6-mayga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi to‘rtinchi o‘rinda turibdi. “Namangan epidemiologik jihatdan ‘qizil’ (yuqori xavfli) hududga kirishi e’tiborga olinib, karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi”, — deyiladi hokimlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 5-maydagi videoselektor yig‘ilishida karantin tartibi yumshatilishi doirasida stikerlar bekor qilinishi va shaxsiy avtomobillardan cheklovsiz foydalanishga ruxsat berilishi ta’kidlangan edi, biroq cheklovlar qachon, qayerda va qay tartibda bekor qilinishi yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi bayonot berishi aytilgan edi. Respublika maxsus komissiyasi hozircha bayonot bergani yo‘q.

Qayd etish joiz, agar epidemiologik vaziyat yomonlashsa, karantin choralari qayta tiklanadi. “Epidemiologik vaziyat yaxshilangani sari cheklovlarni bekor qilishni davom ettiramiz. Aksincha, vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”, — degandi Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют