» » O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 3500 nafardan oshdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 15 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasida 1 nafar, jami 29 nafar bemor 10-iyun kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bemoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 59 yoshda, yoshi kichigi 25 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahri va viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatidan 1 nafardan bo‘lsa, 3 nafari Farg‘ona va Namangan viloyatidan, 2 nafardan Samarqand va Andijon viloyatilaridan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 6 nafari erkak, 7 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 64 yoshda, eng kichigi esa 28 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, 4 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Toshkent shahridan, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridan esa 1 nafardan.

Shuningdek, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 28 yoshli 1 nafar poytaxtlik ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1572 nafar tashkil qilmoqda.

Bundan avval Buxoro, Samarqand va Namanganda 16 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3475 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endilikda ular soni 3504 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 4547 nafarni tashkil etmoqda. Virus asoratlaridan 18 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют