» » Putin dunyoning eng nufuzli yetakchilari ro‘yxatiga kirdi

Putin dunyoning eng nufuzli yetakchilari ro‘yxatiga kirdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Time jurnali tomonidan tuzilgan dunyoning 100 nafar eng nufuzli yetakchilari ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov jurnal uchun maxsus yozilgan Putin haqidagi maqolada u “o‘tmishdoshidan inqirozga uchragan mamlakatni meros qilib olgan bo‘lsa-da, vaziyatni barqarorlashtirishga erishgani, Rossiyani davlat sifatida saqlab qolgani va iqtisodiy holatni o‘nglagani” ta’kidlangan.

Putindan tashqari ro‘yxatga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, AQSh prezidenti Donald Tramp, KХDR yetakchisi Kim Chen In, WikiLeaks asoschisi Julian Assanj, Xitoy rahbari Si Szinpin, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Rim papasi Fransisk kirgan.

Shuningdek, Time dunyoning eng nufuzli insonlari ro‘yxatiga AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushnerni ham kiritdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют