» » AQSh o‘ta kuchli bomba qo‘llanilishi natijasida yetgan zararni hisoblash bilan shug‘ullanmaydi

AQSh o‘ta kuchli bomba qo‘llanilishi natijasida yetgan zararni hisoblash bilan shug‘ullanmaydi


AQSh Afg‘oniston sharqiy qismida o‘ta kuchli fugas aviatsiya bombasi qo‘llanilishi natijasida yo‘q qilingan IShID jangarilari sonini hisoblamaydi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Isroilga rasmiy tashrifi chog‘ida jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Biz bombardimon natijasida yo‘q qilingan dushmanlar sonini hisob-kitob qilish bilan shug‘ullanmaymiz, — dedi u. — Biz bu ishlarga aralashmaslikdan iborat yondashuvga sodiq qolamiz. Ochiqchasiga aytganda, jasadlarni qidirib, tunnellarni kovlash — bizning qo‘shinlarimiz vaqt o‘tkazishi uchun eng yaxshi usul emas”.

Mettis, shuningdek, jurnalistlarning u GBU-43 fugas aviatsiya bombasini qo‘llash rejalari haqida oldindan bilgan-bilmagani haqidagi savollariga javob berishdan bosh tortdi.

13-aprel kuni CNN telekanali AQSh Afg‘onistonga MS-130 samolyotidan “barcha bombalarning onasi” tashlanganligini ma’lum qilgan edi. Bunda IShID jangarilarining tunneli nishonga olingan.

Keyinroq ushbu bomba qo‘llanilishi natijasida IShID terrorchilik guruhining 36 nafar jangarisini yo‘q qilingani xabar berilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют