» » Bollivudning mashhur “O‘tkinchi dunyo” filmi haqida 10 fakt

Bollivudning mashhur “O‘tkinchi dunyo” filmi haqida 10 fakt


2003-yilda Nyu-Yorkda suratga olingan Bollivudning “O‘tkinchi dunyo” filmi millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Sujet?ning ta’sirchanligi, aktyorlarning mahorati va film orqali tomoshabinga yetkazilgan g‘oyaning dolzarbligi sabab oradan salkam 20 yil o‘tgan bo‘lsa ham film qayta-qayta tomosha qilinadi. E’tiboringizga film bilan bog‘liq faktlarni havola etamiz.

1. Filmdagi Priti Zinta gavdalantirgan Neyna roliga Karina Kapur taklif qilingan bo‘lgan, lekin uning ortiqcha talablari sabab film ijodkorlari boshqa aktrisani ma’qul bilishgan. Shundan keyin film prodyusseri Karan Johar va Karina Kapur deyarli 1 yil gaplashmay yurgan.

2. Karan Johar Roy Orbinson ijrosidagi Pretty woman qo‘shig‘ini yaxshi ko‘rganidan “O‘tkinchi dunyo” filmi uchun qo‘shiqni qayta ishlash huquqini qo‘lga kiritgan.

3. Karan Johar avvaliga filmni “Hech qachon alvido demang” deb nomlashni istagan, ammo keyinroq fikridan qaytgan. Shunga qaramay, 3 yildan keyin taqdim qilingan Shohrux Xon, Priti Zinta, Rani Mukerji va Abxishek Bachchan rol ijro qilgan boshqa bir filmni “Hech qachon alvido demang” deb nomlagan.

4. Film Karan Joharning g‘oyasi bo‘lishiga qaramay, yosh ijodkor Nikhil Advaning debyuti bo‘lgan va taniqli rejissorlarnikidan ham omadliroq chiqqan.

5. Filmning mashhur Kal ho naa ho qo‘shig‘i yaratilishi g‘oyasiga “Titanik” soundtreki, Selin Dion tomonidan ijro qilingan My heart will go on sabab bo‘lgan. Nikhil va film kompozitori Shankar restoranda o‘tirganida ushbu qo‘shiq yangragan. Nikhil shunga o‘xshash qo‘shiq yaratilishini istashini bildirganidan keyin esa kompozitor musiqani yozishga kirishgan.

6. Shohrux Xon filmda rol ijro qilmay qolishiga bir bahya qolgan. Suratga olish jarayonining beshinchi kunida aktyor Karan Joharga telefon qilib, kasal bo‘lib qolgani sabab suratga tushishda davom etolmasligini bildirgan. Bunga javoban Nikhil Karan Johardan Shohrux Xon tuzalgunicha kutib turishni so‘ragan. Suratga olish jamoasi Bollivud qirolining butkul tuzalishini 6 oy kutgan.

7. Saif Ali Xon ijro qilgan Rohit rolini Abxishek Bachchan yoki Vivek Oberoy gavdalantirishi mumkin edi.

8. Neynaning onasi rolini Nita Kapur ijro qilishi mumkin edi, lekin rol Jaya Bachchanga nasib qilgan.

9. Film boshlanganida Neynaning yugurish sahnasi bor. Ma’lum bo‘lishicha u vaqtda Printi Zintaning jarohati borligi sabab uning o‘niga model ushbu epizodni ijro qilgan.

10. Neynaning singlisi Jiyaning qo‘g‘irchog‘ini ushbu sahna suratga olguniga qadar Priti Zintaning o‘zi yasagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 92) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют