» » Italiyada Benksining o‘g‘irlab ketilgan asari topildi

Italiyada Benksining o‘g‘irlab ketilgan asari topildi


Italiyalik karabinerlar (tartibni saqlovchi harbiy xizmatchilar) dunyoga mashhur ko‘cha rassomi Benksining Fransiyadan o‘g‘irlab ketilgan kartinasini topdi. Surat 2015-yilning 13-noyabrida sodir bo‘lgan terakt qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab Parijdagi Bataklan konsert zalining zaxira chiqish eshigiga chizilgan edi, deb yozadi Daily Mail.

Benksi 2018-yilda eshikka g‘amgin qizning suratini chizib qoldirgan. 2019-yilning yanvarida esa surat tushirilgan eshik noma’lum kimsalar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Rassomning ishi Italiya va Fransiya huquq-tartibot xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari davomida topilgan. Eshikdagi suratga hech qanday shikast yetmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, eshik Italiyaning Abrutsso viloyatidagi fermerning tashlandiq uyidan topilgan.

Politsiya 11-iyun kuni ushbu eshik haqida batafsil ma’lumot berishni va’da qilgan.

Benksi noma’lum ko‘cha rassomining taxallusi bo‘lib, u turli shahar ko‘chalariga chizgan suratlari bilan tanilgan. Rassom o‘zini ommaga ma’lum qilmagan va uning shaxsi sirliligicha qolmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют