» » Fransiyada deyarli 40 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan mashina hovuzdan topildi (foto)

Fransiyada deyarli 40 yil oldin o‘g‘irlab ketilgan mashina hovuzdan topildi (foto)


Fransiyada 1979-yilda o‘g‘irlab ketilgan Peugeot 104 avtomobili mamlakat shimoli-sharqidan topildi. Bu haqda Ouest France’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, qurg‘oqchilik sabab Shalon-an-Shampan shahri yaqinidagi hovuz suvining sathi keskin tushib ketib, suv ostidagi temir-tersak ko‘rinib qolgan. Hodisa joyiga jandarmeriya xodimlari va g‘avvoslar yetib kelgan.

Jandarmeriya o‘zining Facebook’dagi sahifasida 1988-yildan beri ishlab chiqarilmaydigan mashinaning topilgani haqida xabar va surat joylashtirgan. Rasmiylar ushbu topilgan avtomobil hamon ro‘yxatda ekanligini, mashina huvuzdan o‘nlab kilometr narida joylashgan Reyms shahrida yashovchi fuqarodan o‘g‘irlab ketilganini aniqladi.

Jandarmeriya o‘g‘irlangan avtomobilni qaytarish maqsadida mashina egasining oilasi bilan bog‘langan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-09-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют