» » Allergiya to‘g‘risidagi eng mashhur uydirmalarni fosh qilamiz

Allergiya to‘g‘risidagi eng mashhur uydirmalarni fosh qilamiz


Bahor – tabiat uyg‘onadigan, o‘simliklar gullaydigan va … allergiya ham ko‘payadigan fasl. Allergiya borasida xalqimiz ongiga turli xil fikrlar o‘rnashib qolgan. “Zararli maslahatlar” sog‘lig‘ingizga zarar keltirishini xohlamaysizmi? U holda ushbu maqolamiz siz uchun.

Agar allergiya davolanmasa, u zo‘rayib ketishi va kelgusida nafas olish tizimining surunkali kasalliklariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, davolanmagan allergiya ko‘p yillar davomida yashashni qiyinlashtirishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun pollinoz mavsumi boshlanmasdan oldin maxsus allergen immunoterapiya – allergen  mikrodozalari bilan davolash bosqichi o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Aslida esa yirik g‘unchalar juda kamdan-kam hollarda allergiyaga sabab bo‘ladi, chunki ular chang chiqarmaydi va deyarli hidi yo‘q. Lekin ularga guldastalarni bezatishda ishlatiladigan boshoqli o‘simliklar sabab bo‘lishi ham mumkin.

Uydagi changlarning zarari to‘g‘risida eshitgan ko‘pchilik ota-onalar iloji boricha uyni toza tutishga harakat qilishadi. Lekin, mukammal tozalikda yashaydigan kishilar allergik muammolarga ko‘proq duch kelishi haqida nazariya mavjud.

Allergiyaga moyil kishilarning yashil zonalarga sayohat qilishi umuman mumkin emas, chunki u yerda xavfli allergenlar zichligi shahardagidan ko‘ra yuqoriroqdir.

Manba: “Whrussia.com”

Опубликовано: admin (21-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют