» » Samarqand va Navoiyda 12 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3623 nafarga yetdi

Samarqand va Navoiyda 12 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3623 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida 8 nafar va Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 12 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shu vaqtgacha Samarqandda jami 383 holatda kasallik qayd etilib, 327 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda infeksiyadan forig‘ bo‘lganlar soni 335 nafarga yetdi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 46 nafar bemor davolanmoqda.

Navoiy viloyatida 11-iyun kuni 4 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 154 nafarga yetdi. Hozirda viloyatda 106 nafar bemor davolanmoqda.

Ayni paytga qadar O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4717 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog‘ayganlar soni esa 3623 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich infeksiya aniqlangan bemorlarning 76 foizi sog‘ayganligini bildiradi.

Eslatib o‘tamiz, virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют