» » O‘zbekistonda yana 15 bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3459 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 15 bemor koronavirusdan tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3459 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 8 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar, jami 15 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor 9-iyun kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, endilikda sog‘ayganlar soni Toshkent shahrida 1543 nafarga, Navoiy viloyatida 142 nafarga yetdi.

Bundan avval Toshkentda 66 nafar, Navoiyda 21 nafar bemor tuzalgani xabar berilgan edi. Shunday qilib, ayni paytda 102 nafar bemor tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan butunlay sog‘ayganlar soni 3459 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 9-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 4482 nafarni tashkil qilmoqda. Virus asoratlaridan 18 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday asoratlar kuzatilishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют