» » APL klublari koronavirus sabab qancha daromaddan quruq qolgani ma’lum bo‘ldi

APL klublari koronavirus sabab qancha daromaddan quruq qolgani ma’lum bo‘ldi


Angliya Premyer Ligasi klublarining 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha daromadlari koronavirus sabab 1 milliard funtga qisqardi. Bu haqda BBC nashriga asoslanib Sport24 xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, 2018/19-yilgi mavsumda APL klublarining umumiy daromadi birinchi bor 5 milliard funtdan oshgandi.

Biroq joriy mavsum mart oyida to‘xtab qoldi va u 17-iyundan restart olsa-da, klublar daromadi baribir past bo‘ladi.

Jamoalar telehuquq egalariga to‘lanadigan kompensatsiya va o‘yin kunlarida tushadigan daromadning yo‘qligi sabab 500 million yo‘qotishi aniq bo‘lib turibdi.

Qolgan yarim milliard esa kelasi mavsumga qoldirilgan. Biroq buning uchun joriy va 2020/21-yilgi mavsum to‘liq o‘ynalishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab to‘xtab qolgan Angliya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi 17-iyundan davom ettiriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют