» » O‘zbekiston va Tojikiston umumiy summasi 35 million dollar bo‘lgan 20 ta shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston umumiy summasi 35 million dollar bo‘lgan 20 ta shartnoma imzoladi


O‘zbekiston va Tojikiston kompaniyalari Dushanbeda bo‘lib o‘tgan biznes-forum yakunlari bo‘yicha umumiy summasi 35 million dollardan ortiq 20 ta shartnoma imzoladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Jumladan, “O‘zkimyosanoat” Tojikistonga mineral o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha 5 ta shartnoma imzoladi. Ularning umumiy qiymati 28,4 million dollarni tashkil etadi.

“O‘zeltexsanoat” va “Ne’matbaxsh” kompaniyasi Tojikistonga qiymati 2,5 million dollarga teng elektrmaishiy tovarlar yetkazib berilishi bo‘yicha memorandum imzoladi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” va Tojikistonning “Iqtidor” kompaniyasi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga qaratilgan 2 million dollarli shartnoma tuzildi.

“O‘zavtosanoat” AK “Lesinvest” va “Toj Motors” kompaniyalari bilan yengil avtomobillar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi. Ularning umumiy qiymati 1,8 million dollardan iborat.

Shuningdek, O‘zbekiston korxonalari Tojikistonga to‘rtta shartnoma doirasida 500 ming dollar evaziga qurilish materiallari jo‘natadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют