» » O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 47 million dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 47 million dollarlik shartnomalar imzolandi


O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida umumiy qiymati 47 million dollarga teng shartnomalar imzolandi. Bu haqda Jahon axborot agentligiga tayanib, UzDaily xabar berdi.

Hujjatlar Kiyevda bo‘lib o‘tgan o‘zbek-ukrain ishchi guruhi uchrashuvi yakunida imzolandi. Forum ishida ikki mamlakatning yengil sanoat, kimyo, elektrotexnika va qurilish sohalaridagi 50 dan ortiq kompaniyalari ishtirok etdi.

O‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha “O‘zbekyengilsanoat” AJ va Ukrainaning “Ukrlegprom” Yengil sanoat kompaniyalari assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ikki tomonlama uchrashuvlar natijasida Ukrainaga avtotransport vositalari, tekstil mahsulotlari, maishiy texnika, qurilish materiallari va tamaki mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 47 million dollardan ortiq bo‘lgan savdo shartnomasi imzolandi.

O‘zbekistonga “Dnepropress” kompaniyasining “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimida qo‘llaniladigan texnologik jihozlarini yetkazib berish bo‘yicha 2 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Shu bilan bir qatorda, “O‘zkimyosanoat” AJ va GFT Ltd kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida suyuq o‘g‘itlar va biopreparatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Ukraina bozoriga quruq mevalar, yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-savbzavot mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha “O‘zagroeksport” AJ va “B.T.S.-import” MChJ o‘rtasida Kiyevda qo‘shma savdo uyini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют