» » Toshkentda O‘zbekiston — Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda O‘zbekiston — Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Toshkentda O‘zbekiston — Chexiya biznes-forumi hamda ikki mamlakat biznes doiralari vakillarining ikki tomonlama muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmatiga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir natijasida o‘zaro savdoni rivojlantirish, farmatsevtika, kimyo va tekstil sohalaridagi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo‘naltirilgan, shuningdek, turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek va chex kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalari o‘rnatishga ko‘maklashish, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan chex kompaniyalari tajribasi bilan bo‘lishish, hamkorlikda yangi korxonalar ochish masalalarini ko‘rib chiqish va investitsiyaga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishdan iborat.

Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston — Chexiya hukumatlararo komissiyasining iqtisodiyot, sanoat, ilm-fan va texnika sohalaridagi hamkorlikka bag‘ishlangan yig‘ilishlari muntazam o‘tkazib boriladi.

Ma’lumot uchun, ayni damda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 2016-yil yanvar—iyunida 36,2 million dollarni, shu jumladan, eksport 7,3 million dollarni va import 47,5 million dollarni tashkil etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-02-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют