» » Namanganlik tadbirkorlar Italiyada bo‘lib qaytdi

Namanganlik tadbirkorlar Italiyada bo‘lib qaytdi


Namanganlik tadbirkorlar delegatsiyasi Zanotti kompaniyasining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va saralash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari bilan tanishish maqsadida Italiyada bo‘lib qaytdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan hududiy boshqarmasi mutasaddilari ma’lum qildi.

Bir hafta davom etgan tashrif davomida delegatsiya a’zolari Italiya—O‘zbekiston Savdo palatasi prezidenti Luidji Iperti, Zanotti kompaniyasi prezidenti Valter Maiochchi, Italiya ishlab chiqaruvchilar va xususiy korxonalar konfederatsiyasi mas’ul xodimi Valter Zampolini bilan muloqotda bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida umumiy qiymati 2,67 million yevroga teng qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash sovutgichlarini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha 5 ta kelishuv bayonnomasi imzolandi.

Shuningdek, viloyat korxonalarning Italiyada o‘tkaziladigan hamda Italiya korxonalarining Namanganda tashkil etiladigan ko‘rgazma va va biznes-forumlarda ishtirok etishlari, texnologiyalar yetkazib berishga ko‘maklashishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq namanganlik tadbirkorlar Xitoydagi xalqaro yarmarka tashkilotchilari bilan teleko‘prik orqali bog‘langani bildirilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют