» » Prezident qaroriga ko‘ra, “Mo‘ynoq” kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga misli ko‘rilmagan soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, “Mo‘ynoq” kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga misli ko‘rilmagan soliq imtiyozlari taqdim etiladi


O‘zbekiston Prezidenti 28-fevral kuni Mo‘ynoqni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Mehnat vazirligining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Hujjat 2017—2018-yillarda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanini rivojlantirish dasturini kompleks tarzda amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Investitsiyaviy loyihalarning manzilli ro‘yxatiga sanoat sohasidagi jami qiymati 30 milliard so‘mlik 28 ta loyiha, xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi jami qiymati 17,2 milliard so‘mlik 28 ta loyiha, shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va qishloq xo‘jaligini rivojlantiish bo‘yicha 16 ta loyiha kiritilgan.

Shuningdek, Prezident qarori sobiq Mo‘ynoq baliq-konserva kombinati va 5-qurilish boshqarmasining 20,5 gektar hududida “Mo‘ynoq” kichik sanoat zonasi tashkil qilishni ko‘zda tutadi.

Mo‘ynoq tumaniga investitsiya kiritishga qaror qilgan tadbirkorlar uchun alohida, respublikada o‘xshashi bo‘lmagan, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etiladi. Chunonchi, qariyb o‘n yilga, 2017-yil 1-aprelidan 2027-yil 1-yanvarigacha:

Bundan tashqari, tadbirkorlar Mo‘ynoq tumanida joylashgan va foydalanilmayotgan bo‘sh davlat obyektlarini o‘n yilgacha muddatga yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan ijara haqining “nol” stavkasi bo‘yicha ijaraga olishi mumkin.

Dasturda alohida urg‘u sayyohlik salohiyatini yaratishga berilgan. Shuningdek, hujjat Mo‘ynoq shahrini obodonlashtirish bo‘yicha katta ko‘lamdagi ishlarni olib borishni ko‘zda tutadi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют