» » Namanganlik tadbirkorlar Xitoydagi yarmarka tashkilotchilari bilan teleko‘prik orqali bog‘landi

Namanganlik tadbirkorlar Xitoydagi yarmarka tashkilotchilari bilan teleko‘prik orqali bog‘landi


Namanganda viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi tomonidan China Foreign Trade Centre markazi ko‘magida viloyat tadbirkorlari bilan Guanjoudagi Kanton yarmarkasi tashkilotchilari o‘rtasida teleko‘prik bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma mutasaddilari ma’lum qildi.

 

Mazkur videomuloqotdan ko‘zlangan maqsad Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari joriy yil aprel oyida Xitoyda o‘tkaziladigan Canton Fair ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishi uchun qulay sharoit yaratish, shuningdek, zamonaviy mini-texnologiyalar, ishlab chiqarish uskunalarini topish va olib kelib, ishga tushirishlariga ko‘maklashishdan iborat.

Bunday teleko‘prik O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda va unda Canton Fair yarmarkasi tashkilotchilari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyati yaratildi.

Tadbirkorlik subyektlari vakillari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. O‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Опубликовано: admin (28-02-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют