» » Xitoyda “Formula-1” bolidining ishlaydigan uzatmalar qutisi 3D-printer yordamida chop etildi

Xitoyda “Formula-1” bolidining ishlaydigan uzatmalar qutisi 3D-printer yordamida chop etildi


YouTube’dagi “Noodatiy dizayn” kanali 3D-printer yordamida “Formula-1” bolidining to‘liq ishlaydigan uzatmalar qutisi prototipini yaratish tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Bu kabi texnologiyalar avtomobilsozlik sanoatida anchadan buyon qo‘llanib kelinadi. 3D-printerlar dizaynining alohida dekorativ elementlari bilan birga, kuzovning yirik elementlarini ham yarata oladi. Mazkur rolik muallifi yanada chuqurroq borib, “Formula-1” bolidining ishlaydigan uzatmalar qutishini chop etishga urindi.

Dastlab poyga transmissiyasining barcha elementlari kompyuterda loyihalashtirilgan va shundan so‘ng 3D-printer yordamida qatlamli chop etish usuli ishga tushirilgan. Rolik muallifi qutini haqiqiy transmissiya kabi boshqara oladigan to‘liq ishchi prototipni yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Biroq 3D-model yaratuvchisining so‘zlariga ko‘ra, uning loyihasi biror-bir aniq “Formula-1” bolidining uzatmalar qutisi emas, balki turli konstruksiyalar jamlanmasi bo‘lib, u tez va aniq uzatishlarni amalga oshirishga yordam beradigan maxsus elektronika hisoblanadi. 3D-transmissiya muallifi hozirga qadar uzatmalar qutisini loyihalash va yig‘ish jarayonlari tasvirlangan beshta rolik bilan bo‘lishgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют