» » Chirchiq shahri “qizil” hududga aylandi. Toshkent viloyatidagi hududlar rangida o‘zgarishlar yuz berdi

Chirchiq shahri “qizil” hududga aylandi. Toshkent viloyatidagi hududlar rangida o‘zgarishlar yuz berdi


Toshkent viloyatining Chirchiq shahri 11-iyundan boshlab “yuqori xavfli hudud” sifatida toifalandi va “qizil” hududga aylandi. Shahar 6-iyun holatiga ko‘ra, “sariq” hududlar qatoriga kiritilgandi.

Shahardagi barcha blokpostlarda nazorat kuchaytirilgan holda ish olib borilmoqda. Avtotransport vositalari qatnovi ertalab 07:00 dan 10:00 ga qadar hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, viloyatdagi “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlar ro‘yxatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyatning tegishli mutasaddilari tomonidan hududlardagi ahvol quyidagicha baholanmoqda.

“Qizil” hudud: Chirchiq shahri, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari.

“Sariq” hudud: Angren, Bekobod, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari.

“Yashil” hudud: Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Bo‘ka, Quyi Chirchiq tumanlari.

Viloyat hokimligining qayd etishicha, mazkur o‘zgarishlar Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani va Xorazm viloyati markazi Urganch shahri “yashil”dan “qizil”ga aylanib, mazkur hududlarda nazorat kuchaytirilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 11 va 12-iyun kunlari aholi orasida aniqlangan koronavirus holatlari haqida ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют