» » Shavkat Mirziyoyev: Ilm-fan va ta’limni Olmazor uchun “o‘sish nuqtasi”ga aylantirish kerak

Shavkat Mirziyoyev: Ilm-fan va ta’limni Olmazor uchun “o‘sish nuqtasi”ga aylantirish kerak


Ilm-fan va ta’lim sohalarini Olmazor tumani uchun muhim “o‘sish nuqtasi”ga aylantirish kerak. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-iyun kuni Olmazor tumaniga tashrifi vaqtida aytib o‘tdi.

O‘zbekistondagi eng yirik oliy ta’lim muassasalarining to‘rttasi — O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Olmazorda joylashgan.

“Bugun yangidan barpo etilgan Matematika institutini borib ko‘rdik. Tumanda bu kabi ilmiy muassasalar ko‘p”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mas’ullarga tumanni ilm-fan va ta’lim rivojlangan namunali hududga aylantirish konsepsiyasini tayyorlash haqida ko‘rsatma berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют