» » Nukus shimoliy avtovokzalida chiptalar sotilmayotgani tanqid qilindi

Nukus shimoliy avtovokzalida chiptalar sotilmayotgani tanqid qilindi


Qaraqalpaqstan telekanalida Xalq mapi (Xalq manfaati) korsatuvi orqali xalq fikridan kelib chiqib, yolovchilarga qanday sharoitlar yaratilgani haqida lavha tayyorlandi, deb xabar berdi Kruz.uz.

Bunda telekanal jurnalisti Nukusdagi shimoliy avtovakzalda chipta tarqatish orinlarida birorta ham yolovchining yoqligi diqqatni tortdi. Vokzal kassasida otirgan ayol chiptalar sotuvi haqida shunday dedi: Hozir kelib olishdi. Oxirgi marta Taxtakopir tumaniga qatnovchi avtobus haydovchisi chiptaga vedomost oldi.

Biroq jurnalist haydovchidan bu haqda soraganda u hali vedomost olmaganini aytdi. Oz ornida jurnalist yolovchilarga chipta berilmayotganiga ham alohida etibor qaratib otdi. Shuningdek, yaqindagina rekonstruksiyadan chiqqan janubiy avtovakzalning achinarli holatda qolishi tashvishlanarli holat ekani qayd etib otildi.

Fevral oyida Nukus shahri hokimining farmoyishi chiqdi. Unga kora Gone qala (Eski shahar)dagi avtoturargohni hozirgi Jideli Baysun posyolkasiga kochirish, shu yilning oxirigacha amalga oshiriladi. Shuningdek, yangidan avtoturargoh qurilishi boshlab yuborildi. Janubiy avtovokzalni ham boshqa joyga kochirish nazarda tutilgan. Bu vokzalda hali rekonstruksiya ishlari yakunlanmadi. Tashqi fasad ishlari amalga oshirilib bolindi. Endi ichki korinishini birinchi yarim yillikda rekonstruksiyadan chiqarish niyatidamiz, dedi Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bolim boshligi Allabergen Berdiyev.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (21-04-2017, 17:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -