» » United Airlines bo‘lib o‘tgan mojarodan so‘ng, yo‘lovchilarga chiptalar uchun to‘langan pullarini qaytarib beradi

United Airlines bo‘lib o‘tgan mojarodan so‘ng, yo‘lovchilarga chiptalar uchun to‘langan pullarini qaytarib beradi


Amerikaning United Airlines avikompaniyasi samolyotni tark etishni istamagan erkakka nisbatan kuch ishlatish oqibatida kelib chiqqan mojaro sabab, o‘sha reysdagi barcha yo‘lovchilarning chipta pullarini qaytarib beradi. Bu haqda USA Today gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“9-aprel, yakshanba kuni uchgan 3411 reysining barcha yo‘lovchilariga chiptalar qiymatiga teng miqdorda tovon puli to‘lanadi”, — deyildi aviakompaniya bayonotida.

Mojaro Chikagodan Luisvillga uchishi kerak bo‘lgan samolyot bortida sodir bo‘lgan edi.

United Airlines aviakompaniyasi o‘z xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchilardan birini kuch ishlatib tushirib yubordi edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют