» » United Airlines xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchini samolyotdan sudrab tushirishdi (video)

United Airlines xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchini samolyotdan sudrab tushirishdi (video)


Amerikaning United Airlines aviakompaniyasi o‘z xodimlariga joy yetmagani sababli yo‘lovchilardan birini kuch ishlatib tushirib yubordi. Samolyotning boshqa yo‘lovchilari voqeani tasvirga oldi, deb xabar berdi Meduza.

Chikagodan Luisvillga uchishi kerak bo‘lgan reys 10-aprel tongiga rejalashtirilgan edi. Barcha yo‘lovchilarga joy yetarli edi, biroq United Airlines o‘zining yana to‘rt xodimini joylashtirmoqchi bo‘ldi. Avvaliga ular 400 dollar evaziga yo‘lovchilarga parvozdan voz kechish taklifini berdi, ammo hech kim rozi bo‘lmagan. Summani 800 dollarga ko‘tarishgan, lekin yo‘lovchilar yana rozi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng keyingi reys bilan uchadigan yo‘lovchilarni tasodifan tanlashga tushishgan. Ulardan biri (mijozlari oldiga uchishi kerak bo‘lgan shifokor) bosh tortgan, keyin uni samolyotdan sudragan holda olib chiqishgan. Natijada parvoz ikki soatga ushlanib qolgan.

Aviakompaniya bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan kechirim so‘radi. United Airlines rahbari Oskar Munos hozirda tashkilot voqeani tekshirayotganini aytdi. Bundan tashqari, xodimlar vaziyatni hal qilish uchun jabrlangan yo‘lovchi bilan bog‘langan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют