» » AQShda yo‘lovchi yopinchiq uchun haq to‘lashdan bosh tortgani sababli samolyot parvozni to‘xtatdi

AQShda yo‘lovchi yopinchiq uchun haq to‘lashdan bosh tortgani sababli samolyot parvozni to‘xtatdi


Las-Vegasdan Gavayi poytaxti Gonolulu shahriga uchayotgan Hawaiian Airlines kompaniyasiga tegishli samolyot parvozni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga yo‘lovchilardan birining yopinchiq uchun 12 dollar to‘lashdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Associated Press nashriga tayanib, “RIA Novosti” ma’lum qildi.

Hodisa samolyot parvozi boshlanganidan keyin ko‘p vaqt o‘tmay yuz bergan. 66 yoshli yo‘lovchi bort kuzatuvchisidan samolyot saloni salqin bo‘lgani sababli yopinchiq so‘ragan. Bort kuzatuvchisi xizmat haqini aytganidan so‘ng, jahli chiqqan yo‘lovchi uni aviakompaniya vakili bilan bog‘lashni talab qilgan.

Uchuvchi yo‘lovchining o‘zini tutishini aqlsizlik deb hisoblab, havo kemasini ortga qaytardi. Samolyot Los-Anjeles aeroportiga qo‘ndi. U yerda yo‘lovchini politsiya va FQB kutib oldi, biroq so‘roqdan keyin yo‘lovchi qo‘yib yuborilgan va o‘z manziliga boshqa reys bilan yo‘l olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют