» » Zinedin Zidan “Real” boshqaruvida 200 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi murabbiyga aylandi

Zinedin Zidan “Real” boshqaruvida 200 ta o‘yin o‘tkazgan uchinchi murabbiyga aylandi


“Real” ustozi Zinedin Zidan madridliklar boshqaruvida 200 ta o‘yin o‘tkazgan “Qirollik klubi” tarixidagi uchinchi murabbiyga aylandi.

Ispaniya chempionatining 28-turi doirasidagi “Eybar”ga qarshi o‘yin (3:1) fransiyalik mutaxassis uchun yubileyga aylandi.

Bu borada rekordchi Migel Munyos hisoblanadi, uning hisobida 605 ta o‘yin bor. Keyingi o‘rindan Visente del Boske (236) o‘rin olgan.

Zidan qo‘l ostidagi 200 o‘yinda “qaymoqranglilar” 132 marta g‘alaba qayd etgan, 42 bor durang o‘ynab, 26 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. 47 yoshli mutaxassis “Real”da o‘nta sovringa ega chiqdi, ularning ichida uchta Chempionlar Ligasi bosh sovrini ham bor. Uning davrida Madrid klubi 486 ta gol urdi (har bir o‘yinda o‘rtacha 2,44) va 209 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi (o‘rtacha 1,05).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют