» » Donald Trampning jiyani prezident haqidagi “axloqsiz hikoyalar”ni oshkor qilishni rejalashtirmoqda

Donald Trampning jiyani prezident haqidagi “axloqsiz hikoyalar”ni oshkor qilishni rejalashtirmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampning marhum akasi Fred Trampning qizi Meri Tramp 2020-yilning yozida Donald Tramp haqidagi “yurakni ezadigan va axloqsiz” hikoyalarni o‘z ichiga olgan kitob chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Daily Beast nashriga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 55 yoshli Meri Tramp 11-avgust kuni “Too Much And Never Enough” (“Juda ko‘p va hech qachon yetarli emas”) nomli kitobni nashr ettirishni rejalashtirmoqda. Kitobning mazmuni sir tutilmoqda, biroq kitobning asosiy “kashfiyotlari”dan biri prezidentning jiyani New York Times’da Donald Trampning soliq sxemalari haqida material e’lon qilinishida qanday rol o‘ynagani haqidagi hikoya bo‘lishi kutilmoqda.

New York Times tomonidan olib borilgan o‘rganishda Tramp o‘z otasi Fred Trampning biznesidan 400 million dollardan ortiq mablag‘ni chiqarib olishda firibgarlikka asoslangan soliq sxemalaridan foydalangani haqida gap boradi.

The Daily Beast’ning yozishicha, aynan Meri Tramp New York Times’ga nashr uchun asos bo‘lgan maxfiy ma’lumotlarni, soliq deklaratsiyalarini va boshqa moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan.

Shuningdek, kitobda Meri Trampning otasi — prezidentning katta akasi, kichik Fred Trampning o‘limi tafsilotlari ochib beriladi. U 1981-yilda alkogolizmdan vafot etgan. Muallif Donald Tramp va uning otasi kichik Fred Trampning kasalligini bilmaslikka olib, uning o‘limiga sabab bo‘lganini aytib beradi.

Avvalroq The Washington Post gazetasi amerikalik jurnalist Meri Jordanning “Uning shartnoma san’ati: Melaniya Trampning aytilmagan hikoyalari” nomli kitobidan parchani nashr qilgan. Parchada aytilishicha, AQShning 45-prezidenti rafiqasi eri saylanganidan keyin Oq uyga darhol ko‘chib o‘tishni istamagan, bunda Melaniya Tramp ularning o‘g‘li Berronning Nyu-Yorkdagi o‘qishi tugashini kutishni xohlagan.

Xabar berilishicha, Melaniya Tramp bu vaziyatdan nikoh shartnomasini o‘zgartirish uchun foydalangan. Shartnomaning yangi tahririga Berron Tramp uchun otasining oilaviy biznesida ishtirok etish kafolati qo‘shilgan.

Avvalroq Tramp AQSh prezidentligi saylovlarida yutqazsa, nima bilan shug‘ullanishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: AQSh prezidenti Donald Tramp suratga tushgan filmlar (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 04:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют