» » Tramp 10 yilda milliard dollardan ortiq pul yo‘qotib, 8 yil soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi

Tramp 10 yilda milliard dollardan ortiq pul yo‘qotib, 8 yil soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi


Amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning biznesi 1985—1994-yillarni o‘z ichiga olgan o‘n yillikning o‘zida 1,17 milliard dollar yo‘qotgan. Bu haqda soliq deklaratsiyasidan olingan ko‘chirmalarga asoslanib, The New York Times ma’lum qildi.

Meduza’ning yozishicha, Tramp Soliq boshqarmasiga 1985-yilda topshirgan deklaratsiyasida uning kazino, mehmonxonalar, ko‘chmas mulk ijarasini o‘z ichiga olgan asosiy biznesi 46,1 million dollar zarar ko‘rganini ma’lum qilgan.

Keyingi yillarda Tramp biznesi yanada ko‘proq zarar ko‘rishni boshlagan. Xususan, 1990—1991-yillarda Tramp zarar miqdori bir yil ichida 250 milliondan oshib ketganini ma’lum qilgan. Bunga bitimlarning muvaffaqiyatsiz bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ko‘rilgan zararlar Trampga 10 yillikning 8 yilida daromad solig‘ini to‘lamaslik imkonini bergan.

Trampning advokati The New York Times’ga bergan intervyusida soliq axborotida berilgan ma’lumotlar yolg‘on va noaniq ekanligini aytgan.

The New York Times gazetasining 2016-yil oktabrda chiqqan sonlaridan birida yozilishicha, Donald Tramp 1995-yilgi soliq deklaratsiyasida 916 million dollar zarar ko‘rganligini qayd etgan. Bu Trampga 18 yil davomida foydaga solinadigan federal soliqni to‘lamaslik huquqini bergan. U bu huquqdan foydalanganmi yoki yo‘q — noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют