» » Moskvada haydovchisiz boshqariladigan avtomobil avariyaga uchradi

Moskvada haydovchisiz boshqariladigan avtomobil avariyaga uchradi


Moskvada “Mostransproekt” ilmiy institutiga tegishli haydovchisiz boshqariladigan Hyundai Solaris birinchi bor YTHga uchradi. Mashina Audi A6 modeli bilan to‘qnashuv sodir etgan bo‘lib, uning haydovchisi telefoniga chalg‘ib qolgani sabab mazkur ko‘ngilsiz hodisa yuzaga kelgan, deb xabar beradi Motor.

Avariya oqibatida haydovchisiz boshqariladigan avtomobilning orqa qismiga zarar yetgan. Solaris’ning bamperi va yukxonasi egilgan. Biroq “Mostransproekt” vakillarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha haydovchisiz boshqariladigan tizimga shikast yetgan yoki yetmagani noma’lum. Ilmiy institut mutaxassislari yetkazilgan zarar haqida keyinroq ma’lumot beradi.

Audi haydovchisi hech qanday jarohat olmagan, biroq to‘qnashuv sodir bo‘lgan tor ko‘chada bir tomonlama harakat to‘xtab qolgan va boshqa haydovchilar aylanma yo‘lni qidirishga majbur bo‘lgan. Harakat YXHB xodimlari yetib kelgandan so‘ng, qayta tiklangan.

Avariyaga uchragan haydovchisiz boshqariladigan Hyundai Solaris yo‘l qoidalari buzilishini avtomatlashgan tarzda qayd etadi. Avtomobil haydovchisiz rejimda pulli avtoturargohlar bo‘ylab harakatlanadi va fotovideo qayd etish kompleksi yordamida qoidabuzarlarni aniqlab boradi.

Avvalroq Hyundai kompaniyasi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar ishlab chiqarishga 2 milliard dollar ajratishi haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют