» » Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etdi


Samsung kompaniyasi Galaxy S20+ 5G  flagmani hamda Galaxy Buds+ simsiz naushnigining o‘ziga xos versiyasini taqdim etdi. Ular taniqli BTS k-pop guruhi uslubida yaratilgan.

“Mazkur yangilik muxlislarga o‘zining sevimli guruhi bilan yanada yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi”, — deyiladi xabarda.

Gadjetlar korpusining rangi bilan standart versiyalardan farq qiladi: smartfonning orqa tomoni, naushniklar uchun tashqi keys va Galaxy Buds+ sensor maydonchasi binafsha rangga bo‘yalgan. Shuningdek, qurilma korpuslariga BTS logotiplari chizilgan. Yetkazib berish jamlanmasi ham farq qiladi — Galaxy Buds+ qutisiga guruhning rasmi tushirilgan. Galaxy S20+ 5G BTS Edition dasturiy ta’minot mavzusi ham BTS’ning o‘ziga xos uslubida yaratilgan.

AQSh aholisi Galaxy S20+ 5G BTS Edition va Galaxy Buds+ BTS Edition modellarini 19-iyundan 8-iyulga qadar Samsung’ning rasmiy sayti orqali buyurtma qilishlari mumkin. Smartfonni xarid qilganlarga naushniklar 50 foiz chegirma bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellarini 2020-yilning fevralida ommaga taqdim etgandi.

Mavzuga doir: Internetda Samsung Galaxy Note20 dizaynining suratlari paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют