» » Samsung Galaxy A8 (2018): romsiz smartfonning “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy A8 (2018): romsiz smartfonning “jonli” fotosuratlari paydo bo‘ldi


Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8+ flagmanlarining arzon versiyalariga aylanadigan Galaxy A8 va A8+ smartfonlari taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Aftidan Samsung Galaxy A arzon smartfonlar lineykasi model qatorini o‘zgartirmoqchi. 2017-yilda u Galaxy A3, A5 va A7 modellaridan iborat bo‘ldi. Kelasi yil lineykasida A7 o‘rniga ikkita Galaxy A8 va A8+ smartfonlari chiqadi. Bu Galaxy S8 va S8+ flagman lineykasidagi izchillik bo‘yicha yaratilmoqda shekilli.

Tarqalgan suratlarga ko‘ra, Galaxy A8+ 6 dyuymli va juda ingichga romli displeyga ega bo‘ladi. Shuningdek, unga qo‘sh old kamera o‘rnatilishi mumkin.

Galaxy A8 ni orqa panelga qarab Galaxy S8 dan farqlash oson. Smartfonda barmoq izi skaneri joylashuvi o‘zgaradi, u kamera moduli pastiga ko‘chadi.

Smartfonlar xususiyatlari hozircha ma’lum emas. Taqdimot Galaxy A 2017 lineykasiniki kabi yanvarda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют