» » O‘zbekistonda 6 soat ichida 165 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu holatlarning 104 tasi Qashqadaryoda qayd etildi

O‘zbekistonda 6 soat ichida 165 kishida koronavirus aniqlandi. Ushbu holatlarning 104 tasi Qashqadaryoda qayd etildi


O‘zbekistonda 16-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, 165 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 5493 nafarni tashkil qilmoqda. 1378 nafar bemor davolanish muassasalarida davolanmoqda.

Avval O‘zbekistonda 16-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 35 ta yangi holat qayd etilgani va kasallanganlarning umumiy soni 5328 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.

16-iyun holatiga ko‘ra, kun davomida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4096 nafarga yetgani va shifoxonalarda 1213 nafar bemor davolanayotgani ma’lum qilingan. Kun davomida jami 77 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatilgan. Shu kuni kasallikdan forig‘ bo‘lgan bemorlarning barchasi poytaxtdagi davolash muassasalarida tuzalgan.

Eslatib o‘tamiz, 15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar COVID-19 tufayli hayotdan ko‘z yumgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 01:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют