» » O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 4 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 2020-yil 5-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, yana 20 nafar odamda koronavirus infeksiyasi qayd etildi va kasallanganlarning umumiy soni 4007 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining 6 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 tasi Buxoro viloyatida (bemorlarning 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) qayd etilgan. Yana 5 nafar bemor Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi “O‘rikzor” bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a’zosi) aholi orasida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra 22 taga oshdi va kasallanganlar soni 3987 nafarga yetgani xabar qilingandi.

2020-yil 5-iyunda kun davomida 160 nafar bemor koronavirusdan tuzalgan va bu 15-martdan buyon sog‘ayish bo‘yicha rekor ko‘rsatkich. O‘zbekistonda kasallik tarqala boshlaganidan shu kungacha bo‘lgan davr davomida jami 3247 nafar bemor kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi ilk bor aniqlanganigan beri, ya’ni 15-martdan buyon COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning 16 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют