» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 28 taga oshdi. Kasallanganlarning umumiy soni 3843 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 28 taga oshdi. Kasallanganlarning umumiy soni 3843 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra 28 taga oshdi. Kasallanganlarning umumiy soni 3843 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining 15 nafari Navoiy viloyatida, 2 nafari Toshkent shahrida, 1 nafar Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari esa Karantin markazidagi (shundan 9 nafari Moskvadan charter reys bilan kelgan, 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 3-iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 46 nafarga ko‘payib, 3815 nafarga yetgani xabar qilingandi. 3-iyun kuni Toshkentda 72 yoshli erkak vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 16 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют