» » O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3700 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 3700 nafardan oshdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, 29 nafarga oshdi va 3702 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan. Ulardan 20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan. Shuningdek, yangi kasallanganlarning 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo‘lgan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2859 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Avvalroq 1-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 11 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3673 nafarga yetgani haqida xabar qilingandi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 15 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют