» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 40 taga oshib, kasallanganlar soni 3623 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 40 taga oshib, kasallanganlar soni 3623 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 2020-yil 31-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, yana 40 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, jami kasallanganlar soni 3623 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 38 tasi Navoiy viloyatidagi karantin muassasalarida, 2 tasi esa Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan karantindagi fuqarolar orasida tasdiqlangan.

Shu kungacha jami 416 118 nafar fuqaro karantinga olinib, ularning 369 113 nafari karantindan chiqarilgan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 25 862 nafar, statsionar karantinda esa 21 143 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Ayni paytda mamlakatda 2837 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aydi.

“Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 771 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Davolanish darajasi 78 foizni tashkil etmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

Avvalroq 31-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, yana 29 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, COVID-19’ni yuqtirib olganlarning umumiy soni 3583 nafarga yetgani haqida xabar qilingandi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 15 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют