» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 9 taga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 3290 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari 9 taga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 3290 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 26-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9 kishiga oshib, jami kasallanganlar 3290 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 3 tasi karantin markazida, qolgan 6 tasi Samarqand viloyatida karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 2636 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro butunlay sog‘aygan. Sog‘ayganlarning 15 nafari Toshkent shahri, 2 nafari Andijon viloyati, 7 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Xorazm viloyati hamda 2 nafari Samarqand viloyatidan.

Hozirda O‘zbekistonda davolanayotganlar 640 nafarni tashkil etmoqda

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14 nafar bemor koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.

Avvalroq 26-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 20 kishiga oshib, 3281 nafarni tashkil etgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют