» » O‘zbekistonda yana 17 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 3132 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yana 17 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 3132 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 24-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 kishiga oshib 3132 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 16 tasi Navoiy viloyatida, 1 tasi esa Toshkent shahrida aniqlandi.

O‘zbekistonda 23-may, shanba kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 79 ta holat: 70 tasi xorijdan kelib, karantinga olinganlarda, to‘qqiztasi esa aholi orasida aniqlangan.

Hozirgacha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning 2532 nafari sog‘aygan, 587 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют