» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganar soni 2753 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganar soni 2753 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 17-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7 kishiga oshib, 2753 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 2 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan bo‘lsa, 3 tasi Sankt-Peterburgdan kelgan, 2 tasi esa oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlangan.

“Qolgan barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV xabarida.

Ayni paytda mamlakatda 2247 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay forig‘ bo‘ldi.

Shuningdek, bugun Surxondaryoda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etib, COVID-19 qurbonlari soni 12 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют